Jismoniy tarbiya va sport vazirligi barcha vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlarini sogʻlom turmush tarziga chorlaydi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilish, qolaversa 2019-yil 19-mart kuni oʻtkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik, idora va tashkilotlar miqyosida sportni keng ommalashtirish chora-tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish” boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida barcha vazirlik, idora va tashkilotlar (huquqni muhofaza qilish organlaridan tashqari)ning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol va voleybol boʻyicha “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Loyihaga koʻra erkaklar futbol musobaqalarida, ayollar esa voleybol musobaqalarida gʻoliblik uchun oʻzaro bahslashadi. Musobaqa Nizomiga koʻra ishtirokchilarning yoshi chegaralangan, yaʼni musobaqalarda faqat 30 yosh va undan yuqori boʻlgan xodimlar qatnashish huquqiga ega.

Musobaqaning final bosqichi sport bayrami tarzida tashkil etilib, yakunda barcha gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169