Taekvondochilarimiz jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Joriy yilning 24-30-avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida Taekvondo ITF boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida XXI jahon chempionati boʻlib oʻtishi xaqida xabar bergan edik.

Mazkur chempionatda hamyurtlarimiz munosib ishtirok etishmoqda. Jumladan, Shohruh Atajanov -64 kg. vazn toifasida 96 davlat sportchilari orasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Valijon Xudoyberdiyev esa -52 kg. vazn toifasida 3-oʻringa sazovor boʻldi. -85 kg. vazn toifasida ringga koʻtarilgan yana bir hamyurtimiz Behruz Saidov esa sparring bahslarida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bugun jamoaviy sparring bahslarida quyidagi 6 nafar sportchimiz dayanga chiqadi:

Maksim Pya (-52 kg),

Valijon Xudoyberdiyev (-52 kg),

Behruz Saidov (-85 kg),

Shohrux Atajanov (-64 kg),

Yodgorxoʻja Anvarov (-78 kg),

Shahzodbek Mustafoyev (-64 kg).

Sportchilarimiz 1-sentyabr kuni Toshkentga kaytishadi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169