Xushxabar: gandbolchi qizlarimiz mundial yoʻllanmasiga sazovor boʻlishdi

 

Oʻzbekiston gandbol federatsiyasidan maʼlum qilishlaricha, Hindistonning Jaypur shahrida boʻlib oʻtayotgan gandbol boʻyicha yoshlar oʻrtasida (U-18) Osiyo chempionati oʻz poyoniga yetib bormoqda.

Quvonarlisi, nufuzli musobaqada Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etgan holda 2020-yili “modalar vatani” Fransiyada boʻladigan jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Garchi Osiyo chempionatida qizlarimiz sovrindorlar safidan joy olishmagan boʻlsa-da, bu holat ularning mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishlariga aslo xalal bergani yoʻq. Musobaqa reglamentiga koʻra qitʼa chempionatida dastlabki 5ta oʻrinni egallagan terma jamoalar kelgusi yil boʻlib oʻtadigan dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishi belgilab qoʻyilgan.

Bugun Xitoy Taypeyi yoshlar terma jamoasi bilan kuch sinashgan qizlarimiz 33:32 hisobida gʻalaba qozondi va mundial yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.

Shuni taʼkidlash kerak, bu bilan gandbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi mustaqillik yillarida beshinchi marotaba jahon chempionatida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.11.2019 | 12:05
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169