“Qashqadaryo qaldirgʻochlari” viloyat ochiq chempionati oʻtkazildi

Joriy yilning 27-avgust kuni Qarshi shahridagi viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar oʻsmirlar gimnastika sport maktabida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat gimnastika federatsiyasi tashabbusi bilan 2005-2014-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida sportning gimnastika turi boʻyicha “Qashqadaryo qaldirgʻochlari” viloyat ochiq chempionati oʻtkazildi.

Mazkur musobaqada Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlaridan hamda Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan 160 nafarga yaqin gimnastikachilar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar oʻzlarining jozibali chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

 

Yakuniy natijalarga koʻra gʻolib hamda sovrindor boʻlgan ishtirokchilar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat gimnastika federatsiyasi tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169