“Charm toʻp-2019”: Yangiqoʻrgʻon yoshlari Respublika turniri gʻolibiga aylandi

Joriy yilning iyul-avgust oylarida futbol boʻyicha “Charm toʻp-2019” turniri tashkillashtirildi. Respublikamizning barcha mahalla fuqarolar yigʻinlaridan havaskor 13-14 yoshli oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazildi. Musobaqalar jami 9098ta mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etildi hamda 118 274dan ortiq voyaga yetmagan bolalar ishtirok etdi.

Musobaqa nizomiga koʻra ushbu turnir besh bosqichda, 1-bosqich mahallalarda mahalla birinchiligi, 2-bosqich mahallalararo, bosqich tuman (shahar) birinchiligi, 3-bosqichi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar birinchiligi, 4-bosqich mintaqaviy Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Namangan viloyatlarida oʻtkazildi va 5-bosqich Respublika birinchiligi Toshkent shahrida tashkil etildi.

Ushbu turnirda 8ta hududdan 8ta jamoaning 118 nafar yoshlari ishtirok etdi.

Musobaqalar yakuniga koʻra Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan final bahsida Fargʻonaning “Boʻston” mahalla jamoasi va Namangan viloyatining “Narkent” jamoalari kuch sinashishdi. Murosasiz va qizgʻin kechgan bahsda “Narkent” mahalla jamoasi turnir gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Uchinchi oʻrinnga bir yoʻla ikkita jamoa Toshkent shahrining “Beshqayragʻoch” mahalla jamoasi va Qashqadaryo viloyatining kasbi tumanidan kelgan “Qatagʻon” mahalla jamoalari qoʻlga kiritishdi.

Tadbir davomida mashhur futbolchilar faxriy mehmon sifatida ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida jamoalar diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169