“Charm toʻp-2019”: finalda Toshkent va Navoiy jamoalari

Ayni kunlarda “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichi oʻtkazilayotganidan xabaringiz bor.

Kecha turnirning yarim final bahslari boʻlib oʻtdi. Dastlabki oʻyinda Qashqadaryo viloyatining “Oqqamish” mahallasi jamoasi Navoiy viloyatining “Kelachi” mahallasi yoshlariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda sezilarli ustunlikka erishgan navoiyliklar yakunda 4:2 hisobida gʻalaba qozonishdi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Oʻyinda “Kelachi” futbolchisi Sunnatillo Toshpoʻlatov xet-trik qayd etdi.

Ikkinchi oʻyinda Toshkent shahrining “Iqbol” hamda Namangan viloyati “Navkent” mahallasi yoshlari oʻzaro kuch sinashdi. Har ikkala jamoa uchrashuvga puxta hozirlik koʻrib kelganini amalda isbotladi va oʻta murosasiz kechgan bahsning asosiy oʻyinida 1-1 natijasi qayd etildi hamda penaltilar seriyasida 5-4 hisobi bilan “Iqbol” mahallasi jamoasi gʻalaba qozondi.

“Charm toʻp-2019”. Yarim final:

“Oqqamish” (Qashqadaryo) – “Kelachi” (Navoiy) – 2:4

“Iqbol” (Toshkent sh.) – “Navkent” (Namangan) – ?

Bugun soat 18:00da “Milliy” stadionda boshlanadigan final oʻyinida Navoiy viloyatining “Kelachi” hamda Toshkent shahrining “Iqbol” jamoalari ilk bora tashkil etilgan “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol turniri gʻolibini aniqlab beradi.

Eslatib oʻtamiz, final oʻyini oldidan muxlislar teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari hamda oʻyindan soʻng oʻzbek estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturidan bahramand boʻlishadi.

Barchangizni ushbu futbol bayramiga taklif qilamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169