Futbol: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Iroqqa qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

Xabaringiz bor, 5-sentyabrdan 2022-yilgi Jahon chempionati ikkinchi saralash bosqich uchrashuvlariga start beriladi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻzining dastlabki oʻyinini safarda Falastinga qarshi oʻtkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy oʻyinlarini oʻtkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti.

Shuningdek, 10-sentyabr kuni JCH-2022 saralash bahslari doirasida 2-tur oʻyinlari oʻtkaziladi. Taqvimga koʻra Ektor Kuper boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bu turda dam oladi. FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida Oʻzbekiston terma jamoasi 9-sentyabr kuni Iroq milliy termasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadigan boʻldi. Mazkur oʻrtoqlik oʻyini Iordaniya poytaxti Amman shahrida tashkil etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169