“Charm toʻp-2019”: bugun yarim final oʻyinlari, finalga kim munosib?...

Xabaringiz bor, shu kunlarda “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichi oʻtkazilmoqda.

Bugun musobaqaning yarim final oʻyinlari oʻtkaziladi. Unda maydonga tushadigan jamoalar guruh bosqichini magʻlubiyatsiz oʻtkazdi. Musobaqada kurashni davom ettirayotgan kuchli toʻrtlik orasida faqatgina Navoiy viloyati Navbahor tumanining “Kelachi” jamoasi ochko yoʻqotgan. Ular guruh bosqichida ikkita gʻalaba va bir durang qayd etishdi. Qolgan uchta jamoa esa guruh bosqichini yoʻqotishlarsiz yakunladi. Jumladan, Toshkent shahri Bektemir tumanining “Iqbol” jamoasining uchta oʻyinda ham qoʻli baland kelgan boʻlsa, “Oqqamish” (Qashqadaryo) hamda “Navkent” (Namangan) jamoalari hisobida ikkitadan gʻalaba bor.

Bugun soat 17:30da boshlanadigan yarim final oʻyinlarida “Kelachi” – “Oqqamish” hamda “Iqbol” – “Navkent” jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.

Darvoqe, ertaga “Milliy” stadionda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan final oʻyiniga chiptalar tayyor boʻldi. Ularni siz bemalol 28-avgust kuni “Milliy” stadion kassalaridan olishingiz mumkin. Chiptalar bepul tarqatiladi va stadionga kirishda ortiqcha muammolar tugʻilmaydi. Bitta chiqta yoki taklifnomaga bir necha kishi kirish imkoniyatiga ega.

“Charm toʻp-2019”. Yarim final

27-avgust, soat 17:30

“Kelachi” (Navoiy) – “Oqqamish” (Qashqadaryo)

“Iqbol” (Toshkent sh.) – “Navkent” (Namangan)

Final

28-avgust, soat 18:00

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169