“Charm toʻp-2019”: yarim finalchilar aniqlandi, poytaxtliklarda yuz foizlik natija, ammo...

Ayni kunlarda “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichi oʻtkazilayotganidan xabaringiz bor. Bugun 14ta jamoa ishtirok etayotgan musobaqaning guruh bosqich oʻyinlari yakunlanib, yarim finalga yoʻl olgan jamoalar nomi maʼlum boʻldi. 2-tur oʻyinlaridan keyin barcha guruhlarda intriga saqlanib qolgandi va shu sababli 3-tur uchrashuvlari juda murosasiz kechdi.

“A” guruhida 2-turdan soʻng Navoiy viloyatining “Кelachi” hamda Surxondaryo viloyati “Sherobod” jamoalari 4tadan ochko jamgʻargan va guruh gʻolibligi aynan shulardan biriga nasib etishi aniq boʻlib qolgandi, chunki qolgan ikki jamoada yarim finalga chiqish uchun imkoniyat qolmagandi. 3-turda navoiyliklar Xorazm viloyatining “Muxoman” jamoasini yirik hisobda (6-3) magʻlub etdi. Ammo, sherobodliklar kutilmaganda “Gʻallaorol” (Jizzax) jamoasiga yutqazib qoʻyishdi va yarim final yoʻllanmasini Navoiy viloyati vakillariga qoʻsh qoʻllab topshirdi.

“B” guruhida Toshkent shahrining “Iqbol” mahallasi yoshlari ikki oʻyinda ham gʻalaba qozongan boʻlsa-da, 3-turda ular mabodo sirdaryolik raqiblariga yutqazib qoʻysa hammasi tugardi. Boz ustiga ularni yutgan taqdirda yarim final yoʻllanmasi aynan Sirdaryo viloyati “Yettiguzar” mahallasi yoshlariga nasib qilardi. Biroq, unday boʻlmadi. Garchi uchrashuvda hisobni sirdaryoliklar ochgan boʻlishiga qaramay yakunda poytaxt vakillari 3-1 hisobidagi irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi. Ammo, yarim finalda “Iqbol” jamoasi qaysi tarkib bilan oʻynaydi, aytish qiyin. Negaki jamoaning toʻrt nafar futbolchisi musobaqadan chetlatilgan, yana ikki futbolchi esa bugungi bahsda jarohat oldi. Xullas, “Iqbol” murabbiylari uchun bosh ogʻriq yetarli...

“S” guruhidan uchta jamoa oʻrin olgani bois “Oqqamish” (Qashqadaryo) jamoasi uchun guruh bahslari tugagandi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra qashqadaryoliklar 4 ochko va +2 toʻplar nisbati bilan guruhda peshqadam boʻlib turgan boʻlsa-da, 3-turda “Shodlik” (Toshkent vil.) jamoasi ularni quvib oʻtishi mumkin edi. Buning uchun Yuqori Chirchiq tumani jamoasidan amalda yarim finaldan umidini uzib boʻlgan “Nekkeshi” (Buxoro) jamoasini magʻlub etish talab qilinardi. Xullas, bu guruhda ham intriga yetarlicha edi. Yakunda esa buxoroliklar oʻzlariga keraksiz oʻyinda “Shodlik” jamoasini yengib qoʻydi va natijada bu guruhdan yarim final yoʻllanmasiga qashqadaryoliklar ega chiqishdi.

“D” guruhida boʻlib oʻtadigan “vodiy derbisi”, yaʼni Andijon va Namangan viloyati jamoalari toʻqnashuvi ham ahamiyati, ham natija nuqtayi nazaridan muhim edi. Ular oʻrin olgan guruhda Qoraqalpogʻistonning “Doʻstlik” jamoasi ochko ulashuvchi vazifasini oʻtadi. Ular andijonliklarga 3-1, namanganliklarga esa 3-0 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Shu sababli 3-tur oʻyini vodiy jamoalari uchun hayot-mamot jangiga aylanishi kutilayotgan edi. Murosasiz kechgan bahsda namanganliklar 2-1 hisobida gʻalaba qozondi va yarim final kvartetini toʻldirdi.

“Charm toʻp-2019”. 3-tur natijalari:

“A” guruhi:

“Кelachi” (Navoiy) – “Muxoman” (Xorazm) – 6:3

“Gʻallaorol” (Jizzax) –“Sherobod” (Surxondaryo) – 1:0

“V” guruhi:

“Yettiguzar” (Sirdaryo) – “Iqbol” (Toshkent sh.) – 1:3

“Bahrin” (Fargʻona) – “Oʻrikzor” (Samarqand) – 4:3

“S” guruhi:

“Nekkeshi” (Buxoro) – “Shodlik” (Toshkent vil.) – 2:1

“D” guruhi:

“Navkent” (Namangan) – “Yakkatut” (Andijon) – 2:1

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169