Qashqadaryoda futbol boʻyicha hokim kubogi musobaqasi yakunlandi

Joriy yilning 25-26-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida joylashgan 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan sportning futbol turi boʻyicha 2004-2006-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

Bayramona tarzda boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada viloyat hokimi Zafar Ruziyev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishib, musobaqaning ochilish tadbirlarida viloyatimizning va respublikamizning taniqli xonandalari ishtirokida konsert dasturlari boʻlib oʻtdi. Mazkur futbol musobaqasida viloyatning barcha tuman (shahar)laridan tashrif buyurgan 16 ta jamoadan 240 nafarga yaqin oʻsmirlar ishtirok etishdi.

Musobaqa natijalariga koʻra Muborak tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda Yakkabogʻ tuman 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi futbol jamoalari faxrli uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsalar, Kitob tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi futbol jamoasi esa faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi va nihoyat oʻzining mazmunli hamda chiroyli oʻyinlari bilan barcha raqib jamoalarni dogʻda qoldirgan Yakkabogʻ tuman 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi futbol jamoasi musobaqaning mutloq gʻolibiga aylandi va viloyat hokimi kubogini qoʻlga kiritishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra gʻolib sovrindorlar qatoridan joy olgan jamoalar viloyat hokimligi, shuningdek, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom, medal, kubok hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169