TAYINLOV

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 9-avgustdagi 154 k-sonli buyrugʻi bilan Xasanov Jamshidbek Xalimovich Milliy terma jamoalarini saralash (seleksiya), shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Jamshidbek Xasanov shu kungacha bir qator lavozimlarda faoliyat olib borgan. Jumladan, Fargʻona viloyati kasaba uyushmalari koʻngilli sport jamiyatining basketbol sport turi boʻyicha murabbiyi, Fargʻona viloyati Olimpiya zaxiralari sport kollejida basketbol boʻyicha murabbiy, Fargʻona viloyati bolalar va oʻsmirlar Olimpiya zaxiralari sport oʻyinlari maktabi direktori, Fargʻona viloyati Madaniyat va sport boshqarmasi sport boʻyicha bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent shahar sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha rahbar oʻrinbosari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishni tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi, shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktor oʻrinbosari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy terma jamoalarini saralash (seleksiya), shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Biz Jamshidbek Xasanovga masʼuliyatli vazifada omad tilaymiz!

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 16:08
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169