Bugun tugʻilgan kun!

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz sporti rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Kasimov Oybek Omilovich bugun 39 yoshga toʻldi.

O.Kasimov mehnat faoliyatini “Uzprommashimpeks” davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi yuriskonsulti sifatida boshlab, keyinchalik “Paxtakor” futbol klubi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari, Toshkent shahar futbol federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.

2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlarida mamlakatimiz sport delegatsiyasining rahbari sifatida, mustaqil Oʻzbekiston tarixida eng yaxshi natijaning qayd etilishiga katta hissa qoʻshdi.

Kasimov Oybek Omilovichning mamlakatimiz sporti rivoji yoʻlidagi xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib ragʻbatlantirilgan holda 2016-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Oybek Kasimovni tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169