“Charm toʻp-2019”: final bosqichining 1-tur oʻyinlari oʻtkazildi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yoshlari oʻrtasida “Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 1-son yigʻilish bayoni bilan mamlakatimiz miqyosida 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida futbol musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish vazifasi belgilab berilgan edi.

Mazkur musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – yurtimiz aholisi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, yoshlarni yagona maqsad yoʻlida birlashtirish, ularga oʻz iqtidorini namoyon etishlari uchun katta maydon yaratib berishdan iborat.

Futbol dunyoda eng sevimli va ommalashgan sport turi, bejizga uni “sport turlari qiroli”, deyishmaydi. Yurtimizda ham charm toʻp ixlosmandlari koʻpchilikni tashkil qiladi. Shu bois boʻlsa kerak, mahalla yoshlari oʻrtasida “Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasini oʻtkazish gʻoyasini yurtdoshlarimiz juda yaxshi kutib olishdi. Bu jarayon bugun boshlangan Respublika bosqichida ham oʻz ifodasini topmoqda.

Mazkur oʻyinlarga barcha jamoalar koʻtarinki kayfiyatda va yuqori tayyorgarlik bilan yetib keldi. Uchrashuvlar ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Bahslarni mamlakatimizda koʻzga koʻringan hakamlar, qaysiki Superliga va Pro-liga oʻyinlarida toblangan oʻz ishining ustalari boshqarib borishmoqda.

Bugun ertalabdan “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining yakuniy bosqichiga start berildi. Oʻtkazilgan 6 ta uchrashuvdan faqat bittasida yirik hisob qayd etilgani, yana ikkita oʻyinda kuchlar teng kelganini hisobga olsak, jamoalar saviyasi deyarli teng ekani oydinlashadi.

1-tur oʻyinlarida qayd etilgan natijalar:

“A” guruhi:

“Muxoman” (Xorazm) – “Sherobod” (Surxondaryo) – 1:4

“Gʻallaorol” (Jizzax) – “Chelachi” (Navoiy) – 0:2

“V” guruhi:

“Iqbol” (Toshkent sh.) – “Oʻrikzor” (Samarqand) – 1:0

“Bahrin” (Fargʻona) – “Yettiguzar” (Sirdaryo) – 2:2

“S” guruhi:

“Oqqamish” (Qashqadaryo) – “Shodlik” (Toshkent vil.) – 2:2

“D” guruhi:

“Doʻstlik” (Qoraqalpogʻiston) – “Yakkatut” (Andijon) – 1:3

“Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining 2-tur oʻyinlariga bugun soat 17:00da start beriladi. Muxlislar oʻz sevimli jamoalarini bemalol qoʻllab-quvvatlashi mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169