“Charm toʻp-2019”: Respublika bosqichiga qurʼa tashlandi

Avval xabar berganimizdek, “Charm toʻp-2019” futbol musobaqasining final bosqichi Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Musobaqaning final oʻyinida ishtirok etish uchun jamoalar Toshkentga yetib kelishdi. Musobaqa mehmonlarini yuqori saviyadagi tayyorgarlik bilan kutib olish marosimlari tashkil etildi.

Biroz avval “Milliy” stadionning anjumanlar zalida “Charm toʻp-2019” futbol musobaqasining final bosqichida ishtirok etadigan jamoalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari O.Kasimov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti R.Ermatov, “Charm toʻp” musobaqalari orqali katta futbolga kirib kelgan oʻzbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, hozirda OʻFA qoshidagi Faxriylar kengashi raisining oʻrinbosari Toʻlagan Isoqovlar ishtirok etdi.

· Biz bejizga bu turnirni oʻtkazish uchun mamlakatimizning bosh arenasi – “Bunyodkor” stadionini tanlamadik, - dedi matbuot anjumanida soʻz olgan Oybek Kasimov. – “Charm toʻp” musobaqasi havaskorlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Havaskor darajadagi futbolchilarga milliy terma jamoa aʼzolari toʻp tepgan stadionda javlon urish – ularning orzulari ushalishi sari muhim qadam vazifasini oʻtab beradi. Ajab emaski, ushbu musobaqadagi ishtirokidan keyin havaskorlarda ham katta futbolchi boʻlish ishtiyoqi tugʻilsa. Qolaversa, oʻyinlarni professional hakamlar, qaysiki Superliga, Pro-liga bahslari, qolaversa xalqaro maydonlarda vatanimiz nomini ulugʻlab kelayotgan referilarimiz boshqarishadi. Yana bir sirni ochmoqchiman, final oʻyinini hozirda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Ravshan Ermatov boshqaradi. Shunday ekan, finalga chiqqan jamoalar maydonda jahon rekordchisi bilan yonma yon harakat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Oʻylaymanki, bu ham har bir ishtirokchi jamoaga qoʻshimcha shijoat bagʻishlaydi.

Qurʼa natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:

“A” guruhi

1. “Muxoman” (Xorazm)

2. “Sherobod” (Surxondaryo)

3. “Gʻallaorol” (Jizzax)

4. “Кelachi” (Navoiy)

“B” guruhi

1. “Iqbol” (Toshkent.sh)

2. “Oʻrikzor” (Samarqand)

3. “Baxrin” (Fargʻona)

4. “Yettiguzar” (Sirdaryo)

“S” guruhi

1. “Oqqamish” (Qashqararyo)

2. “Shodlik” (Toshkent.v)

3. “Nekkeshi” (Buxoro)

“D” guruhi

1. “Doʻstlik” (Qoraqalpogʻiston)

2. “Yakkatut” (Andijon)

3. “Navkent” (Namangan)

Eslatib oʻtamiz, 25-avgustdan Respublika bosqichi boshlanadi. 28-avgust kuni esa final oʻyini boʻlib oʻtadi.

Yurtdoshlarimizni mamnuniyat ila ushbu musobaqaga taklif qilib qolamiz. Marhamat tashrif buyuring, sevimli jamoangizni qoʻllab-quvvatlang va futbol bayramidan bahramand boʻling.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169