“Charm toʻp-2019”. Final ishtirokchilari maʼlum

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi Yoshlar oʻrtasida “Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasini oʻtkazishga bagʻishlangan 1-sonli majlis bayoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3031-son qarori, 2019-yil 19-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi majlis bayoni ijrosini taʼminlashda ikkinchi yoʻnalish boʻyicha yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasining nizomiga asosan, Jismoniy tarbiya va sport hamda Madaniyat vazirliklari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va yana qator tashkilotlar hamkorligida 4 bosqichli futbol musobaqalarining quyi bosqichlari tashkil etildi va oʻtkazildi.

2019-yil 26-31-iyul kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar tuman(shahar)larida mahallalararo 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining birinchi bosqichida respublikamizning 9 098 ta mahallasidan 7 125 talabnoma asosida 106 875 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur musobaqaning 2-bosqichi 2-10-avgust kunlari oraligʻida oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bunda mahallalararo bosqichidan gʻolib boʻlgan jamoalar tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etishdi.

“Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining 10-20-avgust kunlariga belgilangan uchinchi bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri kesimida gʻoliblar aniqlab olindi. Shuni taʼkidlash joiz, uchinchi bosqich oʻyinlari hududiy maydoni ancha katta ayrim viloyatlarda avval mintaqaviy bosqichlarda oʻtkazilib, soʻngra mintaqa gʻoliblari yakuniy Respublika bosqichiga chiqadigan jamoani aniqlab olish uchun oʻzaro bahslashdi.

25-avgustdan poytaxtimizda “Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining hal qiluvchi toʻrtinchi bosqichiga start beriladi. Bunda saralash bahslari yakuniga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri kesimida gʻolib chiqqan 14ta eng kuchli jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

“Charm toʻp-2019” anʼanaviy futbol musobaqasining Respublika bosqichida ishtirok etadigan jamoalar roʻyxati:

Andijon viloyati – “Yakkatut” MFY, Shahrixon tumani;

Buxoro viloyati – “Nekkeshi” MFY, Shofirkon tumani;

Jizzax viloyati – “Gʻallaorol” MFY, Gʻallaorol tumani;

Namangan viloyati – “Navkent” MFY, Yangiqoʻrgʻon tumani;

Samarqand viloyati – “Oʻrikzor” MFY, Kattaqoʻrgʻon tumani;

Sirdaryo viloyati – “Yettiguzar” MFY, Xovost tumani;

Fargʻona viloyati – “Baxrin” MFY, Margʻilon shahri

Toshkent viloyati – “Shodlik” MFY, Yuqori Chirchiq tumani;

Qashqadaryo viloyati – “Oqqamish” MFY, Kasbi tumani;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – “Doʻstlik” MFY, Taxiatosh tumani;

Toshkent shahri – “Iqbol” MFY, Bektemir tumani

Surxondaryo viloyati – “Sherobod” MFY, Sherobod tumani;

Navoiy viloyati – “Navbahor” MFY, Navbahor tumani

Xorazm viloyati – “Muxomon” MFY, Hazorasp tumani.

Musobaqaning guruh bosqich hamda pley-off oʻyinlari 25-27-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda tashkil etilsa, nihoyat final uchrashuvi 28-avgust kuni soat 18:00da “Milliy” stadionda boshlanadi. Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida oʻyinlarga kirish bepul etib belgilandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169