Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boshlandi

ushbu tadbir yangi qurib bitkazilgan ogʻir atletika zalining ochilish tantanalariga ulanib ketdi

Kecha Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boshlandi.

Shu kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Eʼtiborlisi, ushbu tadbir universitet hududida yangi taʼmirdan chiqarilgan ogʻir atletika zalining foydalanishga topshirilish tantanalariga ulanib ketdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari Sharif Moʻminjonov, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, shuningdek faxriy mehmon, Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Choy Sun Yon, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi rahbariyati hamda keng sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqan sport mutasaddilari musobaqada ishtirok etayotgan atletlarga omad tilagan holda ogʻir atletika sportining yurtimizdagi taraqqiyotiga alohida urgʻu berib oʻtishdi. Shuningdek, ochilish marosimida yengil vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchilarni taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi.

Marosimning ikkinchi qismida Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Akbar Joʻrayev kabi Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari, jahon va Osiyo chempionlari oʻz chiqishlari bilan yigʻilganlarning olqishiga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston kubogi bahslari yakshanba kuni yakunlanadi. Ushbu musobaqa esa sentyabr oyida Tailandda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati oldidan terma jamoamiz aʼzolarining jismoniy va funksional holatini yana bir bor koʻzdan kechirib olish imkonini beradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169