Iroda Toʻlaganova, Farrux Doʻstov va Sarvar Ikromovlar Urganch yoshlariga “Mahorat saboqlari” oʻtishdi

Tennis boʻyicha qizlar oʻrtasida “Uimbldon” turniri va AQSH ochiq chempionati gʻolibasi, Osiyo oʻyinlari chempioni hamda Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlarining bronza medali sovrindori, ayni damda Oʻzbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Iroda Toʻlaganova Xorazm vohasiga tashrif buyurdi.

Xususan, mamlakatimizning taniqli tennis ustasi Urganch shahrida Sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan BOʻSM tarbiyalanuvchilari uchun “Mahorat saboqlari” (“Master klass”) oʻtkazdi.

Mashgʻulot avvalida Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shokir Madaminov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston tennis federatsiyasi tomonidan uyushtirilayotgan bunday mahorat saboqlari foydadan holi boʻlmasligini, bu xorazmlik sportchilarni ulkan marralar sari yetaklashini taʼkidlab oʻtdi. Buning barobarida, mehmonlarga tadbir uchun minnatdorlik bildirdi.

Mubolagʻa emas, yurtimizning sevimli tennischisi ishtirokidagi “Mahorat saboqlari” xorazmlik yoshlarga olam-olam quvonch, unutilmas daqiqalarni ulashdi. Endigina tennis olamiga kirib kelayotgan oʻgʻil-qizlarning ham tennisga boʻlgan havas va intilishini oshirdi. Ayniqsa, Iroda Toʻlaganova darsning turli mashqlardan iborat interaktiv oʻyinlar orqali olib borgani nafaqat yosh tennischilar, balki ularning ota-onalarida ham katta taassurotlar qoldirdi. Aynan, bu holat yoshlarning tennisga oid bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish imkonini berdi.

Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati shunda boʻldiki, unda elimizda nom qozongan mohir tennis ustalari Farrux Doʻstov va Sarvar Ikromovlar ham Iroda Toʻlaganova bilan yonma-yon turib, yoshlarga dars oʻtashdi.

Bu mashgʻulot xorazmlik yoshlarni sportning ushbu turiga boʻlgan qiziqish va ishtiyoqini yanada kuchaytirdi, ezgu maqsadlar sari yetakladi. Zero, taniqli tennischilar bilan bir kortda oʻynash, ulardan saboq olish yosh tennischilarga katta zavq bagʻishladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169