Futbol: Kuper JCH-2022 saralashiga chaqirilgan futbolchilarni eʼlon qildi

Xabaringiz bor, sentyabr oyidan futbol boʻyicha 2022-yili Qatarda oʻtkaziladigan jahon chempionati saralashining ikkinchi bosqich uchrashuvlari start oladi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ilk oʻyinini 5-sentyabr kuni safarda Falastinga qarshi oʻtkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy oʻyinlarini oʻtkazadigan “Faysal Al-Husseini” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28-avgust sanasidan boshlab poytaxtimizda yigʻinga kirishadi. Argentinalik mutaxassis mazkur yigʻinga 24 nafar futbolchi jalb etgan.

Terma jamoa yigʻiniga chaqirilgan futbolchilar roʻyxati:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Yegor Krimes (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya), Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK”, Janubiy Koreya), Aziz Gʻaniyev (“Nasaf”), Oston Oʻrunov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu”, Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Roʻziyev (“Qoʻqon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxoʻja Abduholiqov (“Lokomotiv”).

Taʼkidlash joiz, terma jamoamiz Toshkentda 3-sentyabrga qadar mashgʻulotlar olib boradi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan Saudiya Arabistoni, Yaman, Falastin va Singapur terma jamoalari oʻrin olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169