Taekvondo ITF boʻyicha terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etadi

Joriy yilning 24-30-avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida Taekvondo ITF boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida XXI jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Ushbu chempionatda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Terma jamoamizning 11 nafar oʻgʻil bola hamda 2 nafar qizdan iborat tarkibi ertaga Bolgariyaga joʻnab ketadi.

Mamlakatimiz delegatsiyasiga jahon chempionatida Oʻzbekiston taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasi prezidenti Laziz Hasanov rahbarlik qilishi kutilyapti. Shuningdek 3 nafar hakamimiz U.Mukarramov, Z.Ergasheva va J.Askarovlar Plovdivdagi chempionat janglarini nazorat qilish hamda boshqarish uchun delegatsiya tarkibiga kiritilgan.

Jahon chempionatida 92 davlatdan 2100 nafar taekvondochi ishtirok etadi.

Quyida sportchilarimiz tarkibi bilan tanishing:

Nilufar Allaberdiyeva (40 kg)

Mironshoh Karimov (63 kg)

Yuriy Kim (45 kg)

Yevgeniy Kim (45 kg)

Vyacheslav Pak (60 kg)

Malikaxon Oʻrmonova (47 kg)

Temur Amanov (63 kg)

Shohrux Atajanov (64 kg)

Valijon Hudoyberdiyev (52 kg)

Maksim Pya (52 kg)

Yodgorhoʻja Anvarov (78 kg)

Shahzodbek Mustafoyev (64 kg)

Behruz Saidov (85 kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169