Oʻzbekiston paralimpiya assotsiatsiyasida rahbar oʻzgardi

Bugun MOQda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidentlari Aziz Kamilov hamda Saken Polatov, shuningdek, keng sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

Konferensiya kun tartibiga qoʻyilgan asosiy masala assotsiatsiyaning amaldagi raisi Ulugʻbek Mirhaydarovning oʻz xohishiga koʻra lavozimidan ozod etilishi boʻyicha yozgan arizasini koʻrib chiqildi va uning oʻrniga yangi rahbar saylandi.

Yigʻilishda MOQ vitse-prezidenti Aziz Kamilov soʻzga chiqib, assotsiatsiya rahbarligi uchun shu paytgacha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjayev nomzodini ilgari surdi va yigʻilganlarga nomzod haqida qisqacha maʼlumot berdi. Ovoz berish jarayonida barcha bir ovozdan yangi nomzodni qoʻllab-quvvatladi va Muxtorxon Tashxodjayev Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar etib saylandi.

Shuningdek, yigʻilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov soʻzga chiqib, yangi rahbarning faoliyatida omad va zafarlar tiladi. Shuning bilan Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.09.2019 | 14:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169