Gandbol: Navoiyda qizlar oʻrtasida mamlakat chempionati boshlandi

Kecha Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 2004-2005-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida gandbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi.

Musobaqada jami 12 ta jamoa toʻrtta guruhga boʻlingan holda gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

“A” guruhi – Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

“V” guruhi – Andijon, Jizzax, Xorazm viloyatlari;

“S” guruhi – Fargʻona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari;

“D” guruhi – Namangan, Samarqand, Navoiy viloyati-2.

Oʻzbekiston chempionatida ayrim sabablarga koʻra poytaxt Toshkent, shuningdek Buxoro va Sirdaryo viloyati jamoalari ishtirok etishmayapti. Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

Musobaqa gʻoliblari ertaga aniqlanadi. Chempionat mamlakat oʻsmir qizlar terma jamoasiga nomzodlarni saralab olish imkonini beradi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.11.2019 | 19:51
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169