Buxoroda sport malikalari aniqlandi

Kuni kecha Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha viloyat ochiq birinchiligi boʻlib oʻtdi.

Ushbu turnir Respublikamiz mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlab “Jonajon Oʻzbekiston mangu boʻl omon“ shiori ostida tashkil qilindi.

Viloyat birinchiligida Kogon, Vobkent, Romitan, Shofirkon tumanlari hamda Buxoro va Kogon shaharidan 2007-2010-yillarda tugʻilgan 100 ga yaqin gimnastikachi qizlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni Buxoro shahar jamoasi, ikkinchi oʻrinni Kogon shahridan kelgan qizlar, uchinchi oʻrinni Buxoro tumanidan tashrif buyurgan sport malikalari qoʻlga kiritishdi.

Gʻoliblar Buxoro viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Kogon shahar bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tomonidan diplom hamda medallar bilan taqdirlanishdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169