Xorazmlik dzyudochi qizga uy sovgʻa qilindi

Sportchilarimiz Osiyo va Jahon chempionatlari, Olimpiada hamda nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak gʻalabalarni qoʻlga kiritishmoqda. Xalqaro arenalarda yurtimiz bayrogʻini baland koʻtarib, madhiyamiz yangrashiga sababchi boʻlayotgan, oʻzbek sporti dovrugʻini dunyoga tanitayotgan sportchilarimiz davlatimiz tomonidan munosib tarzda ragʻbatlantirilmoqda.

Bugun, 13-avgust kuni Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da boʻlib oʻtgan tantanali marosimda ham ana shunday sportchilarimizdan biri taqdirlandi. Dzyudo boʻyicha mamlakatimizning eng tajribali va sovrindor sportchisi Gulnoza Matniyazovaga Urganch shahridan bir xonali uy sovgʻa qilindi.

Tadbirda qatnashgan Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar, uning mazmun va mohiyati haqida toʻxtalar ekan, sportchilarimiz erishayotgan natijalarni faxr bilan tilga oldi.

Xalqaro sport arenalarida yurtimiz sharafini ulugʻlayotgan sportchi qiz 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, koʻplab xalqaro turnirlar gʻolib va sovrindori Gulnozaning mahoratini eʼtirof etib, unga viloyat hokimligining tashakkurnomasi hamda Urganch shahridan bir xonali uyning kalitini topshirdi.

Oʻz navbatida Gulnoza Matniyazova soʻzga chiqib, hukumatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarga minnatdorlik bildirar ekan, bunga javoban yangi-yangi marralarni zabt etish, shuning barobarida davlatimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishga astoydil harakat qilishini aytdi.

Aytish joizki, bu Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi oldidan yurtimizning nomdor dzyudochisi uchun kutilmagan, oʻziga xos sovgʻa boʻldi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.12.2019 | 21:29
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169