Beshariq tumani Rapqon qishlogʻida joylashgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining Rapqon sport majmuasida sportning boks turidan 2005-2006-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida X Xalqaro turnir oʻtkazilishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur musobaqada Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari va mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishdi.
Musobaqada 250 dan ortiq sportchilar 18 ta vazn toifasida ringga koʻtarilishdi.
Musobaqani yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Rapqon qishlogʻida sportchilarga barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Yakuniy natijalarga koʻra hamyurtlarimiz Oʻzbekiston hisobiga 16 ta oltin medalni yozib qoʻyishdi. Keyingi oʻrinlarni mos ravishda Qozogʻiston va Qirgʻiziston jamoalari band etishdi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
09.12.2019 | 21:29