Poytaxtimizda 2000 nafardan ortiq taekvondochilar ishtirokida yirik fleshmob oʻtkazildi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent shahri taekvondo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun, ushbu nufuzli musobaqa doirasida poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” maydonida taekvondo boʻyicha yirik fleshmob (Ochiq mashgʻulotlar festivali) oʻtkazildi. Yurtimiz aholisi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida taekvondoni ommalashtirish, mamlakatimiz sport salohiyatini namoyish etish maqsadida “Taekwon-do for all” (Taekvondo hamma uchun) shiori ostida tashkil etilgan fleshmobda 2019 nafar yosh taekvondochi ishtirok etdi.

Tabdirni Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti janob Chungvon Choy boshchiligidagi nufuzli delegatsiya aʼzolari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbarlari, jahon birinchiligida ishtirok etayotgan xorijlik mehmonlar, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari vakillari, poytaxtimiz aholisi va mehmonlari, oʻquvchi yoshlar va boshqalar kuzatib borishdi.

Turli yosh toifasidagi taekvondochilarimiz bilan birgalikda Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan yosh taekvondo jamoasi oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

Taekvondo ustalarining musiqa sadolari ostida namoyish etilgan koʻrgazmali chiqishlarini tomoshabinlar olqishlar bilan qoʻllab-quvvatlab turishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrishga qisqa muddat berilganiga qaramasdan uning dunyodagi jahon birinchiliklari orasida eng namunalilaridan biri boʻlayotganini eʼtirof etdi. Janob Chungvon Choy yuqori saviyadagi tayyorgarlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga alohida minnatdorchilik bildirar ekan, ushbu fleshmob videosi ham Butunjahon taekvondo federatsiyasi saytiga joylashtirilishi va tashkilotga aʼzo 209 ta davlatning milliy jamoalariga namuna sifatida yuborilishini maʼlum qildi.

Shundan soʻng, ushbu sport bayramida soʻzga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev xorijiy mehmonlarni yurtimizda qutlar ekan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani, yoshlarimizning sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani, xususan har bir tuman va shaharlarda taekvondo sport seksiyalar faoliyat olib borayotganini maʼlum qildi. Vazir shuningdek, Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentiga shunday nufuzli musobaqani oʻtkazish Oʻzbekistonga ishonib topshirilgani va Davlatimiz rahbariga barcha zarur sharoit yaratib berayotganliklari uchun oʻzbek sportchilari nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir davomida oʻzbekistonlik yosh taekvondochilar navbatdagi kamarlarini Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti topshirdi.

Shubhasiz, bu kabi tadbirlar yurtimiz aholisi ayniqsa yoshlarimizning jismoniy tarbiya va sport, xususan taekvondo bilan shugʻullanishga qiziqishining ortishiga xizmat qiladi.

 

 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169