Poytaxtimizda taekvondo boʻyicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun poytaxtimizdagi “Universal sport saroyi”da taekvondo (WT) boʻyicha kadetlar oʻrtasida jahon chempionati start olgani haqida xabar bergan edik.

Jahonning 67 davlatidan qariyb 850 nafar sportchi va murabbiylar tashrif buyurgan musobaqa butun dunyo sport jamoatchiligi eʼtiborida boʻlib turibdi.

Musobaqa ochilish marosimidan avval Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti janob Chung Von Choy va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev va Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Aziz Abduhakimov yuqori martabali mehmonni yurtimizda qutlar ekan, yurtimizda taekvondoni yanada ommalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari shuningdek, Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti bilan taekvondo boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xususan Oʻzbekiston Milliy universiteti taekvondo fakulteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator masalalarni muhokama qildi. Tadbir yakunida yuqori martabali mehmonga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Foto: Oʻzbekiston taekvondo WTF Assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Uchrashuvdan soʻng jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda soʻzga chiqqan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti yurtimizda taekvondo sportini rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani hamda ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqani oʻtkazishga ham yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrilganini taʼkidlar ekan, bu ishlarning boshida turgan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, Prezidentimiz taekvondo sportini nafaqat yurtimiz, balki Markaziy Osiyoda ommalashtirishga bosh-qosh boʻlayotganligini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, musobaqa ishtirokchilariga omadlar tilab, ular kelajakda yirik sport arenalarida, jumladan 2024-yilgi Olimpiya oʻyinlarida ham qatnashishlariga umid bildirdi.

Foto: Oʻzbekiston taekvondo WTF Assotsiatsiyasi matbuot xizmati

 

Musobaqani janob Chung Von Choy va Aziz Abduhakimov tantanali tarzda ochib berishdi.

Tadbirda yosh taekvondochilar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Zamonaviy qoʻshiqlar sadolari ostida musiqaga hamohang tarzda ijro etilgan chiqishlar yigʻilganlarda katta tassurot qoldirdi. Shuningdek, oʻzbek va koreys madaniyatini aks ettirgan kuy-qoʻshiq va raqslar ham namoyish etildi.

Foto: Oʻzbekiston taekvondo WTF Assotsiatsiyasi matbuot xizmati

 Фото: Ўзбекистон таэквондо WTF Ассоциацияси матбуот хизмати

Foto: Oʻzbekiston taekvondo WTF Assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169