Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti poytaxtimizdagi universitet va sport inshootlariga tashrif buyurdi

 


Xabaringiz bor, bugun Toshkentda kadetlar oʻrtasida jahon chempionati start oldi. Shu munosabat bilan yurtimizda Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chung Von Choy boshchiligidagi nufuzli delegatsiya mehmon boʻlib turibdi.

Martabali mehmon bugun kunning birinchi yarmida Oʻzbekiston Milliy universiteti taekvondo fakultetiga tashrif buyurdi.

Shundan soʻng, janob Chung Von Choy Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazirning birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov, mamlakatimiz taekvondo (WT) assotsiatsiyasi raisi Sherzod Toshmatov hamrohligida musobaqa oʻtayotgan sport zali, ishtirokchilarning mashgʻulot oʻtkazish zali bilan tanishdi. Shuningdek, mehmonlar majmua yonginasida joylashgan oʻzbek milliy hunarmandchilik namunalarini tomosha qilishdi.

– Bundan ikki yil oldin Oʻzbekistonga tashrif buyurgandim, – dedi Chung Von Choy. – Bu yerda jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish uchun juda yaxshi tayyorgarlik olib borilgani koʻrinib turibdi. Avvalgi tashrifim davomida ham mamlakatingizda har qanday sport tadbirlarini oʻtkazish uchun keng imkoniyatlar mavjud ekaniga guvoh boʻlganman. Ishonaman, nafaqat Toshkent balki Oʻzbekistonning qolgan hududlarida ham yirik musobaqalar oʻtkazish uchun yetarlicha sharoitlar mavjud.
 



Suratlar : Oʻzbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169