Yurtimizda tennis boʻyicha uchta xalqaro turnir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning iyul – avgust oylarida yurtimizda “ITF ANDIJAN Chempionships Grade-5”, ITF Junior Tashkent Grade-5” va “ITF Junior Tashkent Circuit Grade-3” xalqaro turnirlari oʻtkazildi.

Iyul oyida Andijonda oʻtkazilgan “ITF ANDIJAN Chempionships Grade-5” xalqaro turniriga dunyoning 11 mamlakatidan sportchilar tashrif buyurdi.

Murosasiz va qiziqarli tarzda kechgan musobaqaning yakkalik bahslarida oʻgʻil bolalar oʻrtasida final oʻyinida Bekzod Rasamatov 6:4, 2:6 va 6:1 hisobida Azizbek Dadaboyevdan ustun keldi. Juftlik bahslarida esa Azizbek Dadaboyev hamda Ravshan Qodirovlar faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi.

Qizlar oʻrtasida esa hamyurtimiz Setora Normurodova qozogʻistonlik Mariya Sinitsinani 6:2, 4:6, 6:0 hisobida magʻlub etdi. Juftlik bahslarida esa Omina Valixanova hamda Setora Normurodova uchinchi oʻrin boʻldi.

 

Navbatdagi turnir poytaxtimizda oʻtdi.“ITF Junior Tashkent Grade-5” 22-27-iyul kunlari oʻtgan birinchilikda oʻgʻil bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Azizbek Dadaboyev gʻolib deb topildi. Qizlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida Setora Normurodova boʻldi. Juftlik bahslarining final oʻyinida Farida Marimova hamda Darya Kornilova gʻalaba qozondi.

“ITF Junior Tashkent Circuit Grade-3” turniri bahslari 29-iyul – 3-avgust kunlari boʻlib oʻtdi.

Ushbu turnirning oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi juftlik bahslarida Azizbek Dadaboyev va rossiyalik Ilarion Danilchenko juftligi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Yakkalik bahslarida Nuriddin Shagiyev uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Qizlar oʻrtasida esa Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tarbiyalanuvchisi Setora Normurodova sovrindor boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169