Yosh badmintonchilarimiz Xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Xitoyga joʻnab ketishdi

Joriy yilning 29-iyul – 4-avgust kunlari Xitoyning Chendu shahrida yoshlar oʻrtasida badminton boʻyicha Xalqaro oʻrtoqlik turniri boʻlib oʻtadi. Xitoy Xalq Respublikasi Milliy badminton federatsiyasi va “Sun Chin Lin” fondi tomonidan tashkil etilgan turnirda oʻzbekistonlik 12 nafar yosh badmintonchilar ham ishtirok etishadi.

Kecha tunda vakillаrimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joʻnab ketishdi.

13 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan xalqaro turnirda yoshlarimiz jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan kuch sinashishadi.

Delegatsiyamiz Xitoyga tashrifi davomida musobaqada ishtirok etish bilan birgalikda oʻzaro tajriba almashish uchun bir qatorda oʻquv-mashgʻulot seminarlarida ham ishtirok etishadi.

Jahonda ommaviyligi boʻyicha futboldan keyingi oʻrinni egallagan badminton sportini yurtimizda ommalashtirish va rivojlantirish uchun keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimiz va bir qator viloyat markazlarida yangi zamonaviy badminton markazlari foydalanishga topshirildi.

Xitoyda badminton barcha yosh toifasidagi insonlar oʻrtasida keng ommalashib milliy sport turi darajasiga yetgan. Ushbu sport turi boʻyicha nufuzli musobaqalarda eng yaxshi natijalarni xitoylik sportchilar qayd etib kelishayotgani bejiz emas. Aynan shu sababli yurtimizda badminton sportini ommalashtirishda Xitoy tajribasini oʻrganish boʻyicha hamkorlik qilinmoqda.

Ushbu musobaqaga taklif etilgan sportchilarimizning barcha xarajatlari (aviabiletlardan tashqari) tashkilotlar tomonidan begʻaraz qoplab berilayotganligini ham qayd etib oʻtish lozim.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169