MOQ qoshida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki faoliyati tahlil qilindi

Tokio Olimpiadasiga terma jamoamiz vakillarini har tomonlama puxta tayyorlash va unda yuqori natijalar qayd etishi uchun barcha sport sohalari ham jihatlikda faoliyat olib bormoqda. Bugun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishda MOQ qoshida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki ishi koʻrib chiqildi.

 

Mazkur tadbirni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Unda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiya sport sektorining rahbari Shavkat Sultonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidenti Aziz Kamilov, federatsiyalar rahbariyati, sport faxriylari, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutasaddilari va OAV xodimlari ham ishtirok etishdi.

“Oʻz mehnatini ayamayotgan barcha sport jonkuyarlariga oʻz minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Hozir terma jamoa vakillarining mashgʻulotlarini chuqur oʻrganib, uni tahlil qilish boʻyicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, Oʻzbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti professorlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Xorijda yigʻin oʻtkazayotgan terma jamoalarimizning faoliyati ham oʻrganilmoqda. Ishchi guruhga oʻsha joyning qanday yaxshi sharoiti bor, uni oʻzimizda ham tatbiq qilsa boʻladimi kabi jihatlarni oʻrganish vazifasi yuklatilgan. Bunda faxriylarimizning yordami ham kerak. Aynan ularning boy tajribasi asosida oʻzbek sportining ertasini yaratamiz”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Ish davomida tashkil etilgan ilmiy-metodik markazning dastlabki faoliyati, sport kurashlari boʻyicha terma jamoamiz vakillarining mashgʻulotlarini oʻrganish natijasida qayd etilgan xulosalar tinglandi. Yigʻilish doirasida Shavkat Sultonov, Oybek Kasimov, sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov va pedagogika fanlari doktori, professor Fikrat Kerimov ham soʻzga chiqib, oʻzbek sportining taraqqiyotida yoʻlga qoʻyilgan ushbu qadamning oʻrni xususida gapirib oʻtishdi. Shuningdek, ilmiy-metodik markazning kelgusi faoliyatida eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan jihatlar, uning ishini yanada sifatli va mukammal qilish borasida tegishli koʻrsatmalar berildi.

Manba: www.olympic.uz

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169