Taekvondo: O‘smirlarimiz Osiyo chempionatida 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida X Osiyo chempionati yakunlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘smirlarimizdan Ulug‘bek Rashitov (-55 kg) va Jasur Jaysunov (-68 kg) Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Azizjon O‘ktamov (-48 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, vakillarimizdan Abdulaziz Hamidullayev (- 63 kg), Marat Mavlonov (-78 kg), Feruza Sodiqova (-63 kg) va Ozoda Sobirjonova (-55 kg) musobaqada uchinchi o‘rinni egallashdi.

Yana bir quvonarli jihati, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ulug‘bek Rashitov Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169