Butunjahon talabalar universiadasida birinchi oʻrinni egallagan tennischilarimiz munosib kutib olindi

Xabaringiz bor, 3-14-iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida oʻtkazilgan XXX Butunjahon yozgi universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 8 ta medal jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.

Oʻn kun davom etgan ushbu nufuzli musobaqada 112 ta davlatdan tashrif buyurgan 5971 nafar sportchilar 18 ta sport turi boʻyicha 222 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi.

Bu yilgi universiada ayniqsa tennischilarimiz uchun omadli boʻldi. Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev juftligi musobaqaning oltin medaliga sazovor boʻlib, Oʻzbekistonning Universiada oʻyinlaridagi tennis boʻyicha ilk medalini qoʻlga kiritgan sportchilar sifatida tarixga kirishdi. Bundan tashqari Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi. Tennis boʻyicha ham yakkalik ham juftlik bahslarida medal olib, eng koʻp ochko toʻplagan oʻzbek yigitlari umumjamoa hisobida ham birinchi oʻrinni egallab yana bir oltin bilan taqdirlanishdi.

Bugun, 15-iyul kuni erta tongda ushbu musobaqada ishtirok etgan tennischilarimiz yurtimizga qaytib keldi. Italiyadan yorugʻ yuz bilan qaytgan vakillarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakat tennis federatsiya mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

“Yarim finalga chiqqanimizdan keyin hamma bizdan oltin medal kutayotgan edi. Soʻngi oʻyinlardagi raqiblarimiz qanchalik kuchli boʻlmasin yurtimizga gʻalaba tuhfa etish istagi bizga kuch berdi. Bu barchamizning gʻalabamiz, Oʻzbekistonning, oʻzbek tennisining gʻalabasi boʻldi. Ertaga yana bir musobaqada qatnashish uchun Qozogʻistonga musobaqaga joʻnab ketamiz. Undan keyin Yevropa boʻylab oʻtkazilayotgan turnirlarda ishtirok etamiz. Ushbu musobaqalarda ham gʻolib boʻlishga astoydil harakat qilaman,” – dedi Humoyun Sultonov.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169