Oʻzbekistonlik tennischilar Butunjahon talabalar universiadasida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlarining oʻninchi kungi bahslari ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Oʻzbekistonning Universiada oʻyinlari tarixidagi tennis boʻyicha ilk sovrinini qoʻlga kiritgan vakillarimiz delegatsiyamizga yana ikkita medalni tuhfa etishdi.

Yosh umidli tennischimiz Humoyun Sultonov erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida ham medalga sazovor boʻldi.

Dastlabki oʻyinlarda Shri-Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini hamda chorak finalda amerikalik Keyegan James Smitni yirik hisobda magʻlub etgan yurtdoshimiz yarim finalda fransiyalik Lukas Poullaindan 6/0, 6/3 hisobida ustun kelib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

Final uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakili Tseng Chun-Xsinga qarshi kortga chiqqan Humoyun Sultonov birinchi setda tay-breykda gʻalaba qozongan boʻlsa, ikkinchi va uchinchi setda raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi hamda delegatsiyamizning universiadadagi yettinchi sovrini hisoblangan kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Juftlik bahslarida oltin, yakkalikda kumush medalga sazovor boʻlgan tennischi yigitlarimiz umumjamoa hisobida ham birinchi oʻrinni egallab, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻyishdi.

Eslatib oʻtamiz, 12-iyul kuni tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev juftligi musobaqaning oltin medalini yaʼni Oʻzbekistonning Universiada oʻyinlari tarixidagi tennis boʻyicha ilk medalini qoʻlga kiritishgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169