Universiada-2019. Oʻzbekistonning oltinchi medali oltin boʻldi (fotogalereya)

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlarining navbatdagi kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Sportchilarimiz musobaqaning toʻqqizinchi kunida bir yoʻla ikki medalni qoʻlga kiritishdi. Dastlabki kumush medalga taekvondochimiz Niyoz Poʻlatov sazovor boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Delegatsiyamizga navbatdagi sovrinni tennischi yigitlarimiz taqdim etishdi. Erkaklar oʻrtasida juftlik bahslarining final oʻyinida koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shinga qarshi bahs olib borgan yurtdoshlarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev Universiadaning oltin medalini qoʻlga kiritishdi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy oʻtgan final oʻyinining birinchi setida 7/6 hisobida vakillarimiz gʻalaba qozongan boʻlsa, ikkinchi setda 6/4 hisobida koreyaliklar ustunlik qilishdi. Tay-breyk (qoʻshimcha geym)da 10/5 hisobida zafar quchgan Shuhrat Qayumov shogirdlari Oʻzbekistonning Universiada oʻyinlari tarixidagi tennis boʻyicha ilk medalini qoʻlga kiritishdi.

Tennis boʻyicha milliy terma jamoamiz aʼzolari boʻlgan Sanjar Fayziyev Oʻzbekistoning uchinchi, Humoyun Sultonov beshinchi raketkachisi hisoblanadi. Jahon reytingida ular mos ravishda 310- va 380-oʻrinni egallab turishibdi.

Eslatib oʻtamiz, 12-iyul kuni erkaklar oʻrtasida oʻrtasida oʻtkazilgan yakkalik bahslarini yarim final oʻyinida ham gʻalaba qozongan Humoyun Sultonov 13-iyul kun finalda Xitoy Taypeyi vakili Tseng Chun-Xsinga qarshi kortga tushadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169