Universiada-2019. Tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida ham finalga chiqdi



Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlari davom etmoqda. Tennischilarimiz bugun ham zafarli yurishlarini davom ettirishmoqda.

Bugun erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslarida final yoʻllanmasi uchun kortga tushgan Humoyun Sultonov fransiyalik Lukas Poullainni 6/0, 6/3 hisobida magʻlub etdi.

Dastlabki oʻyinlarda Shri Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini yirik hisobda magʻlub etgan yurtdoshimiz chorak finalda amerikalik Keyegan James Smitdan 6/1, 6/2 hisobidan ustun kelgan edi.

Oʻzbekistonning 5-raqamli raketkasi boʻlgan yosh umidli tennischimiz Humoyun Sultonov jahon reytingida 380-oʻrinni egallab turibdi.

Eslatib oʻtamiz, kecha Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev tandemi yarim finalda xitoyliklarni magʻlub etib, universiadaning soʻngi bosqichiga chiqishgan edi. Birozdan soʻng vakillarimiz final oʻyinida koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushishadi.

Yigitlarimizga hal qiluvchi bahsda omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169