Universiada-2019. Taekvondochimiz finalga chiqdi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlari davom etmoqda. Bugungi kun bahslari ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Taekvondo boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Niyoz Poʻlatov universiadaning final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Dastlabki janglarda xorvatiya va italiyalik taekvondochilarni magʻlub etgan vakilimiz, chorak finalda turkiyalik Merkan Dolmakdan ustun keldi.

Yarim finalda xitoylik Vu Yichaoga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz 5:3 hisobida hisobida zafar quchib final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Endi Niyoz hal qiluvchi bahsda eronlik Soroush Ahmedga qarshi dayanga chiqadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169