Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga qabul kvotalari tasdiqlandi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4311-sonli “Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali tashkil qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining joriy yil 4-iyuldagi 1-sonli bayoni bilan 2019/2020 oʻquv yilida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga qabul parametrlari tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2019/2020 oʻquv yili uchun ushbu muassasaga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha talabalar oʻqishga qabul qilinadi:

 

Shifr

Ta`lim yo‘nalishi nomi

2019/2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari

Jami

Shu jumladan

grant

kontrakt

5610501

Sport faoliyati: basketbol

25

8

17

5610503

Sport faoliyati: voleybol

25

8

17

5610507

Sport faoliyati: yengil atletika

25

7

18

5610511

Sport faoliyati: eshkak eshish

25

8

17

5610512

Sport faoliyati: tennis

25

7

18

5610513

Sport faoliyati: futbol

25

7

18

Жами:

150

45

105

Hujjatlar 2019-yil 15-iyuldan 15-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinishi hamda kirish imtihonlari 20-30-avgust kunlari oʻtkazilishi belgilandi.

Oʻqishga kirish istagida boʻlgan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish hamda kirish imtihonlarini oʻtkazish Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti binosi va uning sport bazalarida amalga oshiriladi (Manzil, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar koʻchasi, 19-uy).

Oʻqishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshirilib, quyidagi fanlar boʻyicha sinovlar oʻtkaziladi: rus tilini bilish darajasi va kasbiy (ijodiy) imtihonlar. Rus tilidan imtihon sinovlari suhbat koʻrinishida va kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tanlangan sport turlari boʻyicha umumiy jismoniy taryorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik va suzish boʻyicha imtihon sinovlari oʻtkaziladi.

Oliygohda taʼlim Rossiya Federatsiyasi federal taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va taʼlim dasturlari asosida rus tilida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Abituriyentlar qabul hayʼatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

taʼlim yoʻnalishi koʻrsatilgan holdagi ariza;

umumiy oʻrta taʼlimni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;

pasport (16 yoshga toʻlmaganlar uchun tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma)ning nusxasi;

3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurat;

Ariza shakli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.

Abituriyent tomonidan pasport (16 yoshga toʻlmaganlar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma) qabul komissiyasiga shaxsan koʻrsatiladi.

Maʼlumot uchun, tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar 2019/2020 oʻquv yilida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul qilinadi va Rossiya Federatsiyasining Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmatidan litsenziya olinguniga qadar oʻqishni ushbu taʼlim muassasasida davom ettiradilar.

Litsenziya olinganidan soʻng, ushbu talabalarning oʻqishlari toʻgʻridan-toʻgʻri filialga koʻchiriladi va oʻqishni oʻsha yerda davom ettiradilar.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefonlar:

(71) 242-30-84, (90) 533-33-73, Tursunaliyev Ilxomjon Axmadaliyevich.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169