Oʻzbekistonlik tennischi yigitlar Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqaning juftlik va yakkalik bahslarida ketma-ket zafar quchib kelayotgan tennischi yigitlarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev bugun yana bir muhim gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarining yarim final oʻyinida xitoylik Xao Vu va Shuai Xuga qarshi kortga chiqqan vakillarimiz 7/6 (2), 6/2 hisobida zafar quchib, universiadaning finaliga yoʻl olishdi.

Musobaqaning juftlik bahslarini ikkinchi davradan boshlagan Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev dastlabki oʻyinda tailandlik tennischilarni, toʻrtinchi davrda Janubiy Afrika hamda chorak finalda Xitoy Taypeyi vakillarini magʻlubiyatga uchratishgan edi.

Ertaga, 12-iyul kuni oʻtkazilayotgan final oʻyinida vakillarimiz koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushadilar.

Hal qiluvchi bahsda ham yigitlarimizdan gʻalaba kutib qolamiz.
 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.09.2019 | 16:14
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169