Universiada-2019. Vladislav Polyunin final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda.

9-iyul kuni San-Paulo stadionida nayza uloqtirish boʻyicha erkaklar oʻrtasida saralash bahslari oʻtkazildi. 23 ta davlatdan atletlar ishtirok etgan bahslarda qatnashgan vakilimiz Vladislav Polyunin 73.86. metr natija koʻrsatib 8-oʻrin bilan musobaqaning final bosqichiga yoʻl oldi.

Ayollar oʻrtasida nayza uloqtirish boʻyicha finalga yoʻl olgan sportchimiz Sanobar Erkinova bugun final bahsida ishtirok etadi.

Erkaklar oʻrtasida nayza uloqtirish boʻyicha final bahslari 11-iyul kuni oʻtkaziladi.

Maʻlumot oʻrnida, Vladislav Polyunin Osiyo chempioni va 2015-yilgi jahon yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati bronza medali sovrindori. Vladislav Polyunin qayd etgan eng yuqori natija 78.77.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169