Madinabonu Mannopova “Chuncheon Open” musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi

9-10-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Chunchxon shahri mezbonlik qilayotgan Taekvondo WTF boʻyicha G2 toifasiga kiruvchi “Chuncheon Open” musobaqasi davom etmoqda.

Musobaqada yurtimiz sharafini Svetlana Osipova (+73 kg), Madinabonu Mannopova (-49 kg), Nikita Rafalovich (-74 kg) hamda Shohrux Rajabov (+87 kg)lar himoya qilishmoqda.

Bugun birinchi kun bahslarida Madinabonu Mannopova (-49 kg) qurʼaga koʻra hamyurtimiz birinchi davradan erkin oʻtdi. Ikkinchi davrada Janubiy koreyalik Taekvondochini 19/6 hisobi bilan magʻlubiyatga uchratdi. Chorak finalda 9/5 hisobi bilan xitoylik raqibasidan ustun kelgan boʻlsa, yarim final bahsida Xitoy Taipeyi vakilasiga 13/10 natijasi bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi va bronza medali bilan cheklandi.

Madinabonu ushbu natijasi bilan Tokio Olimpiadasi uchun 7.2 reyting ochkosini oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169