Universiada-2019. Tennischilarimiz jamoaviy bahslarni ham gʻalaba bilan boshlashdi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqada tennischilarimiz yakkalik bahslarini muvaffaqiyatli boshlaganidan xabaringiz bor.

7-iyul kuni oʻtkazilgan tennis boʻyicha juftlik bahslarining ikkinchi davrasida X.Sultonov va S.Fayziyev tailandlik Kovaritukted hamda Kunsuvanga qarshi kortga tushishdi.

Keskin va murosasiz oʻtgan oʻyinda tennischilarimiz raqiblarini har ikkala setda bir хil 6:4 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Bugun X.Sultonov va S.Fayziyev juftligi chorak final yoʻllanmasi uchun kortga tushishadi.

Shuningdek, erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida Sanjar Fayziyev uchinchi davra oʻyinini oʻtkazadi.

Mazkur musobaqaning ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida qatnashayotgan Komola Umarova uchinchi davra bahslariga kirishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169