Universiada-2019. Tennischilarimiz dastlabki raqiblarini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratishdi

 


Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada toʻrt nafar oʻzbekistonlik tennischi talabalar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Kecha,6-iyul kuni yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov ikkinchi davrada Shri Lanka vakili Yashitxu De Silvani 6/0, 6/0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Sanjar Fayziyev ikkinchi davradagi raqibi meksikalik Kevin Jek Karpinteradan 6/2, 6/1 hisobida ustun keldi.

Qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida Kamila Umarova filippinlik Erin Lans Dela Krusni 6/0, 6/0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Bugun portugaliyalik Deniel Rodrigesni 6/1, 6/0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan Humoyun Sultonov musobaqaning toʻrtinchi davrasi yoʻl oldi. Boshqa vakillarimiz ham bugun uchinchi davra oʻyinlarida ishtirok etishadi. Shuningdek, Sanjar Fayziyev va Humoyun Sultonov juftligi oʻz oʻyinlarini boshlaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169