Navoiyda ҳам “Xalqaro olimpiya kuni”ga bag‘ishlab sport tadbiri o‘tkazildi

Navoiy viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida Olimpiya harakatini rivojlantrish, Olimpiya sport turlarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni olimpiya sport turlariga jalb etish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Xalqaro olimpiya kuni”ga bag‘ishlab “xalq sayli” umummilliy sport tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimi Navoiy shahridagi ko‘rkam va salobatli “Yoshlar” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. 2000 nafardan ortiq yoshlarni bir davrada jamlagan sayl ommaviy ko‘cha paradi bilan ochib berildi. O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan otliqlar boshchiligida velopoygachilar va piyodalar yurishi bilan davom etdi.

Sportchi va havaskor yoshlar turon yakka kurashi, karate, badiiy gimnastika, boks, qilichbozlik, taekvando, o‘zbek jang sanati, milliy kurash kabi sport turlaridan ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish etishdi. Bunday ko‘rgazmali chiqishlar, bayram sayllari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.11.2019 | 20:18
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169