Universiada-2019. Hikmatillo Toʻrayev yarim finalga yoʻl oldi

Italiyaning Neapol shahrida XXX Yozgi talabalar Universiadasi davom etmoqda.

-73 kg vazn toifasidagi polvonimiz Hikmatillo Toʻrayev oʻz ishtirokini toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi davradan boshlab, dastlab latviyalik Abulfazs Nasirovsni va Shimoliy Koreyalik Kim Chol Gvangni magʻlubiyatga uchratdi. Navbatdagi bahsda mezbon vakili Gismondo Andearadan ustun kelgan Toʻrayev yarim finalga yoʻl oldi. Endi u finalga chiqish uchun rossiyalik Yevgeniy Prokorchukga qarshi tatamiga chiqadi.

-81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Suhrob Tursunov oʻz ishtirokini toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichdan boshladi va avstriyalik Adam Borchashvilini ippon yaʼni sof gʻalaba hibosida magʻlubiyatga uchratdi. Uchinchi davrada gruziyalik Tato Grigalashviliga qarshi bahsda bayroqdorimizga biroz omad yetishmadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169