Samarqandda “Xalqaro olimpiya kuni”ga bagʻishlab “Xalq sayli” umummilliy sport tadbiri oʻtkazildi

3-iyul kuni “Tokio sari yoʻl” shiori ostida koʻhna va hamisha navqiron Samarqand shahrida viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida Olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpiya sport turlarini keng targʻib qilish, yoshlarni Olimpiya sport turlariga jalb etish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Xalqaro olimpiya kuni”ga bagʻishlab “Xalq sayli” umummilliy sport tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbirning ommaviy yurish marafonida ishtirok etgan professional va havaskor sportchilar, talabalar, mehnat jamoalaridan iborat 18 minga yaqin yoshlar Registon maydoniga kirib keldi.

Shundan soʻng sportchilar tomonidan Olimpiya halqasi hosil qilindi. Olimpiya oʻyinlari dasturidan joy olgan sport turlari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir soʻngida Samarqand shahridagi Registon maydonida Olimpiya kuni munosabati bilan aksiya, konsert dasturi hamda 3D shousi namoyish etildi.

Sportchilar ijrosidagi koʻrgazmali chiqishlarni mahalliy aholi va sayyohlar maroq bilan kuzatishdi.

3-6-iyul kunlari “Xalqaro Olimpiya kuni” munosabati bilan viloyatning barcha tuman, shaharlarida “Sitius, Altius, Fortius”, “Olimpiya sari yoʻl” shiorlari ostida turli sport musobaqalari, tadbirlar oʻtkazilmoqda.

6-iyul kuni “Dinamo” markaziy oʻyingohida tadbir yakuni sifatida viloyatda sportning ommaviyligini oshirishga hissa qoʻshayotgan insonlar – sportchi va murabbiylar, mutaxassislar, tashkilotlarni taqdirlash marosimi hamda gala-konsert boʻlib oʻtadi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169