Poytaxtimizda badiiy gimnastika boʻyicha “Yoshlar kubogi” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi (fotogalereya)

22-23-iyun kunlari Toshkent shahridagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha “Yoshlar kubogi” anʼanaviy xalqaro turniri oʻtkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Yoshlar ittifoqi sport markazi hamkorligida tashkil etilgan turnirda Rossiya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Ukraina, Birlashgan Arab Amirliklari, Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlaridan, shuningdek respublikamiz barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 250 nafar yosh gimnastikachi ishtirok etdi.

Mazkur musobaqa badiiy gimnastikani targʻib qilish, xorijiy mamlakatlar klublari bilan doʻstlik aloqalarini mustahkamlash, mazkur sport turini targʻib qilish va yoshlarni sportga jalb etish, trenerlar va sportchilar oʻrtasida tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etildi. Bu kabi turnirlar yosh gimnastikachilar mahorati, mashgʻulotlar sifatini oshirishga xizmat qiladi. Musobaqalardan keyin bir hafta mobaynida rossiyalik trenerlar va gimnastikachilar ishtirokida mahorat saboqlari oʻtkaziladi.

Turnirni tashkil etish va oʻtkazishda tashkilotchilarga “Intersok” qoʻshma korxonasi va “Murad buildings” qurilish kompaniyasi jamoalari ham yaqindan yordam berishdi.


 


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.10.2019 | 13:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169