Taekvondo WTF assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun Oʻzbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasida navbatdan tashqari Konferensiya oʻtkazildi.

Assotsiatsiya kun tartibidan asosan ikkita masala oʻrin olgandi, yaʼni shu kunga qadar assotsiatsiyaga rahbarlik qilgan Ahmadjon Rahimovning oʻz arizasiga binoan vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish hamda uning oʻrniga yangi rahbarni tayinlash.

Yigʻilishga Oʻzbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari hamda markaziy apparatidan jalb etilgan 22 nomzoddan 19 nafari ishtirok etdi. Bu esa kvorumni haqqoniy ekanligini anglatardi.

Konferensiyada Ahmadjon Rahimovning arizasi qabul qilindi va uning oʻrniga Sherzod Toshmatov Oʻzbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Taʼkidlash kerak, Sherzod Rixsiboyevich bungacha Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan. Aynan uning rahbarligida mamlakatimiz charm qoʻlqop ustalari Rio-2016 olimpiadasi, shuningdek Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionati, Germaniyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati hamda oʻtgan yili Jakarta (Indoneziya) shahri mezbonlik qilgan Osiyo oʻyinlarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishgandi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Oʻzbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa aʼzolari uchun barcha sharoitlar yaratilganligini taʼkidlab, MOQ kelgusida ham sportchilar uchun nima zarur boʻlsa, barchasini muhayyo qilib berishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov ham soʻzga chiqdi.

- 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida oʻzbekistonlik bokschilar juda muvaffaqiyatsiz ishtirok etgach, zudlik bilan federatsiyasida oʻzgarishlar qilishni lozim topdik. Chunki bu paytda Rio-2016 olimpiadasiga atigi bir yarim yildan koʻproq vaqt qolgandi. Ammo Sherzod Rixsiboyevich qisqa muddat ichida oʻzbek boksida inqilobiy oʻzgarishlar amalga oshirdi. Buning samaralarini Rio olimpiadasida koʻrdik, bokschilarimiz ushbu musobaqada oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etish barobarida Kubadek qudratli mamlakatni ortda qoldirgan holda umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallashdi. Umid qilamanki, Sherzod Rixsiboyevich qoʻl ostida Oʻzbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi ham yangi bosqichga koʻtariladi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, qolaversa Milliy Olimpiya qoʻmitasi ham barcha zaruriy yordamini ayamaydi.

 

Yigʻilishda Oʻzbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi yangi rahbari Sherzod Toshmatov ham soʻzga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirgan holda yangi tashkilotda xodimlar va sportchilar bilan bir tanu bir jon boʻlib ishlash hamda Oʻzbekiston taekvando WTF assotsiatsiyasi dovrugʻini yanada yuqoriga koʻtarish uchun astoydil harakat qilishini aytib oʻtdi.

 

OʻzA

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169