Poytaxtimizda taekvondo (ITF) boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start oldi

15-16-iyun kunlari poytaxtimizda taekvondo (ITF) boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakat taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 1100 nafar sportchilar ishtirok etmoqda. 

Bugun, 15-iyun kuni poytaxtimizdagi “Sahovat sport servis” majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov Muhtaram Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlar ekan, yoshlarimiz oʻrtasida taekvondo bilan shugʻullanuvchilar sonini yanada oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi va musobaqani rasman ochib berdi.

Shundan soʻng soʻzga chiqqan Oʻzbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi prezidenti Laziz Xasanov erishilgan natijalarga toʻxtalar ekan bugungi kunga kelib yurtimizda taekvondoning ushbu yoʻnalishi bilan shugʻullanuvchilar soni 40 ming nafardan oshgani, joriy yilning aprel oyida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida vakillarimiz 14 ta oltin medalni qoʻlga kiritishganini aytib oʻtdi hamda ushbu chempionat ham kelgusidagi nufuzli musobaqalarga sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil etilganligi maʼlum qildi.

Musobaqa ertaga ham davom etadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169