Shahrisabzdagi bolalar dam olish oromgohida sport musobaqalari oʻtkazildi

Ayni kunlarda yozgi taʼtilda boʻlgan maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Shuningdek, bolalar dam olish oromgohlaridagi sport toʻgaraklari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri sifatida joriy yilning 13-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Vahob Berdiyev” bolalar dam olish oromgohida stol tennisi, shaxmat va shashka boʻyicha oromgoh birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

“Yoz oʻtmoqda soz” shiori ostida tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda oromgoh rahbariyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada 80 nafarga yaqin yoshlar (shundan 30 nafari qizlar) ishtirok etishdi.

Yakunda musobaqa gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar

 

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.10.2019 | 17:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169