“YILNING ENG FAOL SPORT JURNALISTI”

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakatimiz aholisi oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sport tadbirlari va musobaqalari, xalqaro arenalarda Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtarayotgan vatandoshlarimiz va ularning ustozlari, sport oʻquv muassasalari va inshootlari faoliyatini yoritishda faollik koʻrsatayotgan ijodkorlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaydi!

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi “Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 484-sonli qaroriga muvofiq oʻtkaziladi.

Tanlovga ommaviy axborot vositalarida 2018-yil 1-iyundan 2019-yil 1-iyunga qadar eʼlon qilingan ijodiy asarlar qabul qilinadi. l, 2, 3-oʻrinni egallagan gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

1-oʻrin sohibiga eng kam ish haqining 20 barobari miqdorida;

2-oʻrin sohibiga eng kam ish haqining 15 barobari miqdorida;

3-oʻrin sohibiga eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida.

Hamkorlarimiz – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2019-yilning 22-iyuniga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2-uy, 12-qavat. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Murojaat uchun telefon: (0371) 2392438

Elektron pochta: info@minsport.uz

Tanlov gʻolib va sovrindorlari 2019-yil 27-iyun kuni – bayrami arafasida eʼlon qilinadi.

2019-yil 27-iyun kuni Oʻzbekiston Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida uyushtiriladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169